Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada oldidan minglab uysiz migrantlar Parijdan olib chiqilmoqda
26 iyul kuni start oladigan yozgi olimpiada o‘yinlari oldidan Parijdan 5 mingga yaqin uysiz migrantlar boshqa joylarga olib chiqib ketilgan. Odamlarga turar joy va ijtimoiy yordam va’da qilishgan, lekin ularning ko‘pchiligi o‘zlariga notanish shaharlarda ko‘chalarda qolib ketgan, deb yozadi The New York Times.
Nashr, shuningdek, hukumat mulozimining xatiga havola qilmoqda. Unda odamlar Parijda olimpiada ochilishidan avval ko‘chirilayotgani ro‘yirost aytilgan. Biroq Fransiya hukumati bunday bog‘liqlik yo‘qligini rasman ta’kidlamoqda.
Odamlar avtobusga solinib, Lion va Marsel kabi shaharlarga ko‘chirilgani aytilmoqda.
Xususan, nashrning hukumatdagi manbalari gap ixtiyoriy ko‘chish haqida ketayotgani, bu “Parijdagi favqulodda turar joy yetishmasligi muammosini yumshatish maqsadida” amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
Migrantlarning aytishicha, hukumat ularga turar joy ajratish va ijtimoiy yordam berishni va’da qilib, ko‘chirishgan. Uysizlar muruvvat uylariga joylashtirilgach, ularni boshpana berishga loyiq yoki yo‘qligi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Mezonlarga to‘g‘ri keluvchilarga boshpana berilgan. Biroq, nashrning yozishicha, bunday boshpanaga uysiz migrantlarning faqat 40 foizi loyiq ko‘rilgan.
Parij va uning yon atrofida Fransiyadagi uysizlarning yarmi istiqomat qiladi. Ularning soni 100 mingga yaqin.
Parijdan uysizlar ko‘chirilayotgani haqida boshqa nashrlar, jumladan Fransiyaning nashrlari ham yozmoqda.
The Guardian nashrining yozishicha, politsiya poytaxtni fohishalar va narkotik moddalarga ruju qo‘yganlardan ham tozalagan. Parijdan jami 13 mingga yaqin odam ko‘chirilgan. Garchi bir yil avval shahar meri Ann Idalgo hech kim ko‘chishga majburlanmasligi haqida va’da bergan edi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025