Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketishga uringan xitoylik qo‘lga olindi
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xitoy fuqarosi Makedonskiy davriga oid tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda «Toshkent—AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.
Holat Toshkent xalqaro aeroportida 12 iyul kuni soat 01:05 larda sodir bo‘lgan. Chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Toshkent—Urumchi» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S. J. ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Yo‘lovchining sumkasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona miloddan avvalgi taxminan III asrda zarb qilingan Makedonskiy surati tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
09:26 / 13.03.2025
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025