Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston mamlakat hududida Xitoy harbiy bazasi qurilayotganini rad etdi
«Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas», deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublikada Xitoy harbiy bazasi borligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Xitoyning Tojikiston hududida harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas», deyiladi Tojikiston TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Dushanbe va Pekin ikki tomonlama asosda ham, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham tahdidlarga qarshi kurashishda faol hamkorlik qilmoqda.
«Shu nuqtai nazardan, Tojikiston Xitoy bilan tajriba almashish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va boshqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishni maqsad qilgan», — deya qo‘shimcha qilinadi bayonotda.
Avvalroq, Britaniyaning The Telegraph nashri Xitoy Tojikistonda qariyb o‘n yildan beri yashirin tarzda harbiy baza qurayotgani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
15:01 / 16.04.2025
Indoneziya mamlakatda Rossiya harbiy bazasi bo‘lishini rad etdi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025