O‘zbekiston | 17:00 / 13.07.2024
3630
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda: "Toshkent-1" gaz taqsimlash stansiyasida ishlar avjida

Yozning qizg‘in paytida "Toshkent-1" gaz taqsimlash stansiyasida 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qizg‘in bormoqda. Bu strategik muhim obekt bo‘lib, undan tabiiy gaz Toshkent IES, "Aksa Energy" issiqlik elektr stansiyasiga hamda Toshkent viloyatining Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlariga yetib boradi.

10 iyuldan boshlab "O‘ztransgaz" AJ Qibray va Zangiota tumanlaridagi gaz tarmoqlarida bosimni tartibga solish tugunlarini ajratish ishlarini faol olib bormoqda. Bu 2023-2024 yil kuz-qish mavsumida mazkur tumanlarda istiqomat qiluvchi aholidan kelib tushgan murojaatlarga javob bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Kelayotgan kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishni uzluksiz ta’minlash uchun "Toshkent-1" da keng ko‘lamli ishlar boshlangan. 40 dan ortiq ishchi va 10 dan ortiq texnika kunu tun ishlab, barcha zarur chora-tadbirlarni tezroq yakunlash va aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni tiklash uchun mehnat qilmoqda.

Asosiy e’tibor gaz taqsimlash stansiyasida bosimni tartibga solish tugunlarini ajratishga qaratilgan. Bu Qibray va Toshkent tumanlariga gaz yetkazib berishning barqarorligi va sifatini yaxshilashga imkon beradi. Shu bilan birga, stansiyada kran o‘rnatilib, stansiyaning himoya darajasi oshirilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldi olinadi.

Kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish juda ko‘plab mutaxassislar tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan murakkab va muhim jarayon. Aniq reja asosida o‘z vaqtida bajarilayotgan tadbirlar natijasida Toshkent viloyati gaz ta’minotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘ztransgaz" AJ tomonidan keng ko‘lamdagi kuz-qishga tayyorgarlik tadbirlari esa davom etadi.

Mavzuga oid