Jahon | 10:49 / 17.07.2024
4055
1 daqiqa o‘qiladi

Masqatda otishma yuz berdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

O‘zbekiston elchixonasi halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida mamlakat fuqarolari yo‘qligini bildirdi.

Foto: Royal Oman Police

Ummon politsiyasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, kecha kechqurun Masqat shahridagi "Imom Ali" masjidi yaqinida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuv oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan (barchasi chet ellik) va bir necha kishi yaralangan.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, sultonlik politsiyasi holat yuzasidan tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi va halok bo‘lganlar hamda yaralanganlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston elchixonasi Ummon TIV rasmiy bayonotiga tayangan holda xabar berishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo‘q.

Diplomatik missiya holat yuzasidan Ummon rasmiy tashkilotlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

Mavzuga oid