O‘zbekiston | 11:05 / 17.07.2024
2335
1 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekistonda tug‘uruq markazlarini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratyapti

Integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish uchun ajratildi.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga ko‘maklashish uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi

Integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish uchun ajratildi.

Shuningdek, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyati va sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan jihozlashda yordam beradi.

Loyiha, shuningdek, perinatal yo‘llanma tizimini takomillashtiradi va tez yordam guruhlarini kuchaytirish hamda sog‘liq uchun xavflarni erta aniqlash va homiladorlik monitoringi uchun bemorlarning elektron qaydlarini joriy etish orqali tegishli va o‘z vaqtida hayotni saqlab qoluvchi yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mavzuga oid