Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin maynerlarni Rossiyada elektr energiyasi yetishmovchiligida aybladi
Rossiyaning ayrim hududlarida elektr energiyasi yetishmovchiligi kelib chiqishiga sabab kriptovalutalar ishlab chiqarish uchun elektr iste’molining nazoratsiz o‘sishidir, degan RF prezidenti iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish chog‘ida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Irkutsk oblasti, Buryatiston, Baykalorti o‘lkasi aholisi shu muammoga duch kelgan va u Rossiyaning boshqa hududlariga ham tarqalishi mumkin.
«Ko‘rinib turibdiki, agar erkin quvvat bo‘lmasa, yoki ular “mayning fermalar” deb ataluvchi korxonalar tomonidan “ishlatilsa, yangi korxonalar, turar joy kvartallari, ijtimoiy obektlar elektr energiyasi taqchilligi, yetkazib berishdagi uzilishlarga duchor bo‘lishadi, istiqbolli investitsion va infratuzilma loyihalari to‘xtab qoladi”, — degan Putin.
RF Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili mamlakatda kriptomayning maqsadlarida 16 mlrd kWh elektr energiyasi sarflanadi. Bu umumiy iste’molning 1,5 foizini tashkil etadi. Putinning qayd etishicha, kriptomayning tomonidan iste’mol tobora ortib bormoqda:
«Bu yerda to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan, shu jumladan federal darajadagi tizimli qarorlar kerak. Men allaqachon Rossiyadagi raqamli valutalar mayningini tartibga solish, jumladan, faoliyatni soliqqa tortish va tarif yechimlari joriy qilish to‘g‘risida topshiriq berdim”, — degan Putin.
O‘tgan yilning kuzida Energetika vazirligi kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga tarifni 2—5 barobarga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. “Kommersant” nashri ayniqsa generatsiya yetishmovchiligi kuzatilayotgan, energiya ta’minoti buzilishi xavfi bo‘lgan hududlarda — Buryatiston, Baykalorti o‘lkasi va Irkutsk oblastida tariflarni oshirishga qaror qilingani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025