Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytirilishi kutilyapti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Yig‘ilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.
O‘tgan bir yarim yilda ekspertizasi yo‘q 2,2 ming obekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. O‘tgan yil ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obekt aniqlangan.
Shu bois, ushbu inspeksiya hukumat tarkibiga o‘tkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Mavzuga oid
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
18:50 / 22.05.2025