Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston va Eron yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Mas’ud Pezeshkiyonni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Avval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025