Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsex tashkil qilgan fuqaro 6,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Andijon shahrida alyumin mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi 6,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan «B.S.Z.» MChJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyumin mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025