Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar ma’lum qilindi
Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar haqida ma’lumot berdi.
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta mahalla(shundan, 23 ta mahalla to‘liq tarkibda) Yangi Toshkent hududiga o‘tadi.
To‘liq tarkibda Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar ro‘yxati:
Yuqori Chirchiq tumanidan 20 ta MFY:
- Istiqbol, Darxon, Usmonobod, Navoiy, Jaloltepa, Obodon, Guliston, Bahor, Xvan.T.G, Yashnobod, Uchchinor, Nurafshon, Mirobod, Fayziobod, A. Yassaviy, Baliqchi, Yoshlik, Tinchlik, Iyk-ota va Birlik MFYlari.
O‘rta Chirchiq tumanidan 3 ta MFY:
- Sholikor, O‘choqli va Bunyodkor MFYlari.
Avvalroq, Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obektlar soni jami 19 723 ta ekani, shundan, turar joylar - 18 773 ta, noturar joylar - 891 ta, ko‘p qavatli uylar - 52 ta ekani haqida xabar berilgan edi.
Tumanlar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Yuqori Chirchiq tumanidan jami 16 556 ta obekt:
- Turar joylar - 15 688 ta;
- Noturar joylar - 831 ta;
- Ko‘p qavatli uylar - 30 ta.
O‘rta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obekt:
- Turar joylar - 3 085 ta;
- Noturar joylar - 60 ta;
- Ko‘p qavatli uylar - 22 ta.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
14:02 / 26.07.2024
Toshkent viloyatida BMW yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker’ga borib urildi
13:19 / 15.07.2024
Toshkent viloyatida 40 ming dollarga 15 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:03 / 10.07.2024