Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi
Mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng ko‘p import bo‘layotgan iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmi tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga o‘sdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emas. Bu haqda prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda o‘zimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi.
Shu bois mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng ko‘p import bo‘layotgan iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmi tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi. Raqobat qo‘mitasi hudud va tarmoq kesimida o‘rganib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi.
Bu yangi tizimni joriy qilish uchun Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi.
Umuman, joriy yilda 92 trillion so‘mlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

20:33 / 07.09.2024
BYD Seagull O‘zbekistonda Xitoydagi narxidan 4300 dollar qimmat sotiladi

22:50 / 16.08.2024