Jahon | 07:30 / 19.07.2024
4045
4 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy ittifoqchilarni Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishga chaqirdi

Ukraina uzra Rossiya raketalari va dronlarini urib tushirish uchun G‘arb davlatlarining jamoaviy irodasi zarur, dedi Volodimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raketalar va UUA davlat suverenitetiga aloqador emas.

Foto: Picture Alliance

Prezident Volodimir Zelenskiy G‘arb ittifoqchilarini Ukraina hududi uzra Rossiya raketalari va dronlarini urib tushirishga chaqirdi. U 18 iyul, payshanba kuni Britaniyaning Vudstok shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida so‘zlagan nutqida shunday dedi: «Ularni urib tushirish uchun jamoaviy iroda bo‘lishi kerak, xuddi (Isroil ustidan) Eron raketalari va dronlarida bo‘lgani kabi».

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, raketalar va dronlar davlat suverenitetiga aloqador emas, shuning uchun «bu qadam qo‘yilishi kerak». AQSh, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Polshaga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilib, u shunday dedi: «Sizning jasoratingiz tinchlikka erishishda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin». Aprel oyida Eronning Isroilga 300 dan ortiq raketa va dronlardan foydalangan hujumi AQSh, Britaniya va Fransiya samolyotlari va havo mudofaa tizimlari tomonidan qaytarilgandi.

Ukraina NATO davlatlarini hatto 2022 yilda Rossiyaning keng miqyosli hujumi boshida ham mamlakat hududida uchish taqiqlangan hudud yaratishga chaqirgan. Alyans Ukraina armiyasini havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlashni va’da qilib, yuqoridagi taklifni rad etdi. Biroq, Ukrainada ular hali ham yetarli emas. Rossiya havo hujumlari to‘xtamagani va 2024 yil mart oyidan beri Rossiya ko‘plab energiya obektlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganligi sababli, Ukraina birinchi marta Rossiya raketalari va dronlarini havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilishini talab qilayotgani yo‘q. 

Polsha yaqinda G‘arbiy Ukraina havo hududini himoya qilish bo‘yicha xuddi shunday taklif bilan chiqdi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg buni rad etdi. «Biz Rossiya harbiy samolyotlariga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlasak-da, mojaro tarafiga aylanmaymiz, NATO bunga bevosita aralashmaydi», dedi u. 

Zelenskiy g‘arb qurollaridan foydalanishga cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi

Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidagi nutqida, shuningdek, G‘arbni Ukrainaning Rossiya ichidagi harbiy nishonlarga zarba berish qobiliyatini kengaytirishga chaqirdi: «Samarali qurollardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar qancha kam bo‘lsa, Rossiya tinchlikka shunchalik faol intiladi». «Rossiya samolyotlari bizning shaharlarimizga qarshi bomba uchirayotgan harbiy aerodromlar va Rossiya raketalarini uchirish joylari - bularning barchasini yo‘q qilish kerak», dedi u.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari «askarlar jasorati va chegara bo‘ylab G‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan hamkorlar jasorati tufayli» Xarkiv viloyatida Rossiya hujumini to‘xtata oldi. 

Orbanning Moskvaga tashrifi

Zelenskiy Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldiga Moskvaga qilgan safarini tanqid qildi. «Agar kimdir urush poytaxtiga borishni istasa va bizning umumiy manfaatlarimizga zid bo‘lgan yoki Ukraina hamda boshqa davlatlar hisobidan nimadir va’da qilsa, nega bunday odamga e’tibor qaratishimiz kerak?» - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va NATO barcha masalalarini bu shaxssiz hal qila oladi.

Ukraina prezidenti Yevropada birlikni saqlash muhimligini ta’kidladi, chunki bu «Putin o‘zining asosiy maqsadiga erisha olmadi – Yevropani parchalay olmadi» degani, Yevropa bu birlikni qanchalik qat’iy saqlasa, biz shunchalik mustahkam tinchlikka erisha olamiz», — dedi Zelenskiy. 

Mavzuga oid