Jahon | 12:39 / 20.07.2024
4907
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: bir kechada 27 ta UUA yo‘q qilindi va tutib olindi

Rostov viloyatida 26 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi va tutib olindi, Smolensk viloyatida esa bitta UUA yo‘q qilindi. 

Foto: AP

O‘tgan kechada Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ikki hududda 27 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ni yo‘q qildi va tutib oldi. Bu haqda 20 iyul, shanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

«Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati hududida yigirma oltita UUAni, Smolensk viloyati hududida esa bitta UUAni yo‘q qildi va tutib oldi», — deyiladi xabarda. 

Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning ma’lum qilishicha, UUA ertalab Smolensk tumanida havo hujumidan mudofaa va radioelektron kurash kuchlari tomonidan urib tushirilgan. «Qulagan parchalar oqibatida yerda qurbonlar va vayronalar yo‘q», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

O‘z navbatida, Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev 26 ta UUA tutib olinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid