Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda somonpoyani yoqib yuborgan fermer xo‘jaligi 244 mln so‘m jarimaga tortildi
Fermer xo‘jaligi yeridagi somonpoyaning yoqib yuborilishi oqibatida dala chetidagi 240 tup tut daraxti shikastlangan.
Foto: Ekologiya boshqarmasi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida g‘alladan bo‘shagan yerdagi somon poyalarini yoqib yuborgan fermer xo‘jaligi jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani Yakkabog‘ MFY hududida "Xushnudbek Shavkat Fayzi dalalari" fermer xo‘jaligining 8.8 gektar yerida g‘alladan bo‘shagan somonpoya yoqib yuborilgan. Oqibatda dala maydoni atrofida o‘sib turgan 240 tup tut daraxtlari shikastlangan.
Holat Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi davlat inspektorlari va tuman FVB xodimlari ishtirokida aniqlanib, fermer xo‘jaligi tomonidan o‘simlik dunyosiga 244 800 000 so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025