Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 75 ta mahalladan chiqindilarni olib ketish xizmati “Maxsustrans”ga qaytariladi
Toshkent shahridagi 75 ta mahallada maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimlari muddati uzaytirilmaydi.
Bundan tashqari, yana 65 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadigan korxonalar bilan bitim muddati 6 oy muddatga sinov tariqasida uzaytiriladi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.
Sanitar xizmat ko‘rsatuvchi muqobil korxonalar bilan DXSh bitimlari 2019 yil fevralida, 5 yil muddatga tuzilgan.
Bitim muddati uzaytirilmaydigan korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatib kelingan mahallalar “Maxsustrans-IChB” DUKga topshiriladi.
Bunday korxonalarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari billing tizimi bilan taqqoslanib, haqqoniyligiga aniqlik kiritiladi. Ularning boshqaruviga berilgan moddiy boyliklar va yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklar xatlov natijalariga ko‘ra davlat tomonidan qayta qabul qilib olinadi.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
09:41 / 26.03.2025