Zelenskiy: Urushning «qaynoq» bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkin
Zelenskiy BBC’ga bergan intervyusida urushning «qaynoq» bosqichi yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligini tan oldi va Londonni Rossiya hududiga zarbalar bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga yordam berishga chaqirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning «qaynoq» bosqichi shu yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligini tan oldi. «O‘ylaymanki, agar biz hamjihatlikda harakat qilsak va Tinchlik sammiti formatiga amal qilsak, urushning qizg‘in bosqichiga barham berishimiz mumkin. Buni joriy yil oxirigacha bajarishga harakat qilamiz», dedi u 19 iyul, juma kuni Britaniyaga tashrifi chog‘ida BBC’ga bergan intervyusida.
Ukraina davlat rahbari agar Kiyevning ittifoqchilari Moskvaga bosim o‘tkazsa, urush diplomatik yo‘l bilan muzokaralar stolida tugatilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. «Bu barcha hududlarni jangda zabt etish kerak degani emas, bunga diplomatiya orqali erishish mumkin», - deya ta’kidladi u. Qayd etilishicha, Rossiyaning jang maydonida kuchsizlanishi Ukrainaga muzokaralarda kuchliroq pozitsiyani beradi.
Britaniyada Zelenskiy Ukrainaga RFdagi nishonlarni g‘arb qurollari bilan urishga ruxsat berishga chaqirdi
BBC bilan suhbatda Ukraina prezidenti yana bir bor ta’kidladiki, Rossiya hujumlarini qaytarish uchun Kiyev Rossiya hududiga g‘arb qurollarini masofani cheklamay qo‘llashga ruxsat olishi kerak. U bunday ruxsatni Britaniya yordamida olishga umid qilmoqda. «Biz shunchaki ular bizga qarata o‘q uzayotgan nuqtaga aniq zarba berishni istaymiz», dedi Zelenskiy.
U Britaniya vazirlar mahkamasidagi nutqida bu iltimosni takrorladi. G‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishi Ukrainaga mudofaasini mustahkamlash va oldinga siljishini ta’minlashga yordam beradi, dedi davlat rahbari va Britaniyani bu borada «yetakchilikni ko‘rsatishga» chaqirdi. «Men sizdan boshqa hamkorlarni cheklovlarni olib tashlashga ishontirishingizni so‘rayman, bu qadam – Rossiyani tinchlikka erishishga majbur qiladigan qadam», - dedi Zelenskiy Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga.
Zelenskiy: Tramp ma’muriyati bilan ishlash qiyin bo‘ladi, ammo biz bundan qo‘rqmaymiz
BBC’ga bergan intervyusida Zelenskiy shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari vaqtida AQSh ma’muriyatining ehtimoliy o‘zgarishiga ham izoh taqdim etib, Kiyev bu lavozimga kim saylanishidan qat’i nazar, AQSh istalgan prezidenti bilan ishlashga tayyorligini ta’kidladi. Agar Donald Tramp g‘alaba qozonsa, uning ma’muriyati bilan hamkorlik «mashaqqatli ish bo‘ladi, lekin biz mehnatkashmiz va mashaqqatli mehnatdan qo‘rqmaymiz», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Trampning, agar saylansa, Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi bo‘lgan Ohayo shtatidan senator Jyey Di Vensni vitse-prezident etib tayinlash haqidagi qaroriga ishora qilib, Zelenskiy shunday dedi: «Balki u haqiqatan ham Ukrainada nimalar bo‘layotganini tushunmayotgandir, shuning uchun biz Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ishlashimiz kerak».
Shu bilan birga, Zelenskiy avvalroq Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 24 soat ichida to‘xtatishi mumkinligini da’vo qilgan Trampning so‘zlariga shubha bilan qaradi. Ukraina uchun bu «shunchaki jangni to‘xtating, hududlardan voz keching va ularni unuting» degani bo‘ladi, ammo Zelenskiyning fikricha, Kiyev bunga hech qachon rozi bo‘lmaydi.
Zelenskiyning Britaniyaga tashrifi
Volodimir Zelenskiy 18 iyul kuni Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida ishtirok etish uchun Britaniyaga keldi. U qirol Charlz III bilan uchrashdi va ertasi kuni Britaniya hukumatiga murojaat qildi.
Qayd etilganidek, bu so‘nggi 27 yil ichida xorijlik yetakchining Britaniya vazirlar mahkamasi oldidagi birinchi chiqishidir. Zelenskiydan oldin AQSh prezidenti Bill Klinton 1997 yilda Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
00:15 / 09.11.2024
Axios: Ilon Mask Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ishtirok etgan
17:59 / 08.11.2024