AQShda demokratlar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzodlar sanab o‘tildi
Agar Kamala Harris prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlansa, vitse-prezidentlikka bir necha gubernatorlar da’vogarlik qiladi.

Gevin Nyusom / Foto: Getty Images
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Demokratik partiyadan AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin, deb yozadi Politico.
Gazetaning ta’kidlashicha, partiya uni ehtimoliy nomzod sifatida tez-tez muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, Jo Bayden o‘rniga prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris jamoasi bu o‘rin uchun yana bir necha kishini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy nomzodlar orasida Michigan gubernatori Gretxen Uitmer, Illinoys gubernatori Jyey Pritsker, Merilend gubernatori Uestli Mur va AQSh transport vaziri Pit Buttijich bor.
56 yoshli Gevin Nyusom 2019 yildan Kaliforniya gubernatori hisoblanadi. U bir necha bor Demokratik partiyadan prezidentlikka ehtimoliy nomzod deb atalgan. Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqib, uning o‘rniga Kamala Xarris kelganidan so‘ng, Gevin Nyusom bu qarorni qo‘llab-quvvatladi va «Hech kim Donald Trampga nisbatan undan yaxshiroq ish yurita olmaydi», dedi.
Biroq, Gevin Nevsom va Kamala Harris ikkalasi ham Kaliforniya shtati vakili. AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 12-tuzatishga ko‘ra, nomzodlar bir shtat vakili bo‘lsa, saylovchilar ularga ovoz bera olmaydi. Aks holda ular Kaliforniyadagi 54 saylovchi ovozini yo‘qotishadi.
21 iyul kuni 81 yoshli Jo Bayden noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashmasligini e’lon qildi. U nomzodlikka AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Harris xonim Demokratik partiyani birlashtirish va Donald Trampni mag‘lub etish uchun hamma narsani qilishga va’da berdi.
Mavzuga oid

14:15 / 04.05.2025
«Ikki urushni ham biz yutgandik». Tramp amerikaliklarning jahon urushlaridagi g‘alaba kunini nishonlashga qaror qildi

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025