O‘zbekiston | 08:09 / 22.07.2024
10545
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni ma’lum qilindi

Ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991 yilgacha qurilgan.

Foto: Kun.uz

“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda aytilishicha, bugungi kunda turar va noturar joy obektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan to‘g‘ri tartibga solish maqsadga muvofiq.

Ma’lumot uchun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991 yilgacha qurilgan, shundan 1032 tasi instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan.

Shu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi obektlarini me’moriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash (renovatsiya qilish) zaruriyati yuzaga kelmoqda, deyiladi loyihada.

Mavzuga oid