«Partiyam va mamlakatim manfaatlari uchun chekinishim kerak» - Baydenning prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi to‘liq bayonoti
AQSh prezidenti Jo Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasini tark etdi. U o‘z qarorini X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan bayonoti orqali e’lon qilgan. Quyida Baydenning Amerika xalqiga murojaati to‘liq keltiriladi.
Vatandoshlar,
So‘nggi uch yarim yil mobaynida biz millat sifatida aql bovar qilmas yutuqlarga erishdik.
Bugun Amerika dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni qayta tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy investitsiyalar kiritdik. Biz zaharli moddalar ta’siridan jabr chekkan million faxriylarga o‘ta zarur yordam ko‘rsatdik. O‘qotar qurollar savdosini tartibga solish to‘g‘risida 30 yil ichidagi ilk qonunni qabul qildik. AQSh oliy sudiga birinchi afroamerikalik ayolni tayinladik. Va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha jahon tarixidagi eng muhim qonunchilikni qabul qildik. Amerika hech qachon yetakchilik qilish uchun hozirgiday yaxshiroq pozitsiyaga ega bo‘lmagan.
Men bilamanki, bularning hech biri sizsiz, Amerika xalqisiz amalga oshmasdi. Birgalikda biz asrda bir marta bo‘ladigan pandemiya va Buyuk depressiyadan keyingi eng yomon iqtisodiy inqirozni yengib o‘tdik. Demokratiyamizni himoya qildik va saqlab qoldik. Shuningdek butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimiz bilan munosabatlarga yangi hayot baxsh etdik va bu aloqalarni mustahkamladik.
Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, hisoblaymanki, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlari uchun chekinishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman.
Men hafta oxirida o‘z qarorim haqida ko‘proq tafsilotlarni aytib berish uchun millatga yana bir bor murojaat qilaman.
Hozir esa prezidentlikka qayta saylanishim imkonli bo‘lishi uchun sidqidildan mehnat qilgan barchaga chuqur minnatdorchiligimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Men vitse-prezident Kamala Harrisga bu ishda ajoyib hamkor bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek menga ishongani uchun Amerika xalqiga ham samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Men har doim ishongan narsamga hozir ham ishonaman: Amerika qila olmaydigan biror ish yo‘q, — buni barchamiz birgalikda qilganimizda. Biz shunchaki yodda tutishimiz kerakki — biz Amerika Qo‘shma Shtatlarimiz.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
05:07 / 18.11.2024