Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilgi Parij Olimpiadasida chiptalar savdosi bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Ushbu yozgi Olimpiada o‘yinlari tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan musobaqa bo‘ldi.
Fransiya poytaxti Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun chiqarilgan 10 million chiptadan 9,3 millioni sotilgan. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Qayd qilinishicha, chiptalar narxi 90, 250, 500, 900, 1600 va 2700 yevro bo‘lib, 2700 yevrolik chipta egalari ovqatni o‘z ichiga olgan paket uchun jami 3850 yevro to‘laydi.
Agar 1996 yilda Atlantada (AQSh) 8,3 million chipta sotilgan bo‘lsa, 28 yildan keyin Parijda bu rekord yangilandi.
Parij Olimpiadasining 90, 250 va 500 yevroga baholangan barcha chiptalari sotilib ketgan. 900, 1600 va 2700 yevroga baholangan chiptalar ham deyarli sotilib bo‘lgan.
Olimpiada o‘yinlari tarixida ilk bor ochilish marosimi shahar bo‘ylab o‘tkaziladi va hamma uchun ochiq bo‘ladi. Marosim ishtirokchilari karvonlari Sena daryosi bo‘ylab 6,5 kilometrlik chiziq bo‘ylab harakatlanadi. Marosim Trokadero maydonida tugaydi.
Ta’kidlanishicha, Parij shahrining Sena daryosi atrofidagi uy egalari talab yuqoriligi tufayli, uy ijarasi narxini keskin ko‘targan. Masalan, 26 iyul kungi ochilish marosimida uy ijarasi narxi 20 ming yevrodan oshgan.
O‘zbekiston Olimpiada tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025