Jahon | 15:50 / 23.07.2024
2717
3 daqiqa o‘qiladi

Polsha YeIni AQSh bilan birgalikda dezinformatsiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

AQSh prezidentlik saylovlari oldidan Varshava Rossiya Federatsiyasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan dezinformatsiyaga qarshi kurashni kengaytirish hamda amerikaliklarga Yevropadagi vaziyat va kollektiv xavfsizlikning afzalliklarini ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi, deya yozadi Reuters.

Foto: AFP / Scanpix

Polsha Yevropa Ittifoqini Qo‘shma Shtatlarda amerikaliklarga hamkorlik muhimligini ko‘rsatadigan kampaniya boshlashga chaqirmoqda. «Tarixning ushbu muhim pallasida biz birgalikda Qo‘shma Shtatlarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan strategik kommunikatsiyalar orqali transatlantik aloqalarni mustahkamlash uchun tezkor va qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur», — deyiladi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi uchun tayyorlangan hujjatda. Reuters undan parchalarni keltirdi.

Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlari arafasida zarur bo‘lgan qadamlar qatoriga «Rossiya dezinformatsiyasining fosh qilinishi doirasini kengaytirish», shuningdek, «Yevropa hozirgi pozitsiyasini, diplomatiya afzalliklarini oydinlashtiradigan kampaniyalarni boshlash kerak». «Biz Amerika jamoatchiligiga, ayniqsa, yosh avlodga o‘nlab yillik hamkorligimiz AQSh iqtisodiyotiga olib kelgan natijalarni eslatib turishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qiladi hujjat mualliflari.

Varshava Moskvani beqarorlashtirishga urinishda va AQSh haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblaydi

Polsha Varshava qo‘shni Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishdagi roli tufayli Rossiyaning vaziyatni beqarorlashtirish va saylovlarga aralashish uchun bir necha bor urinishlariga nishon bo‘lganini bildiradi. «Biz ko‘proq narsani kutishimiz kerak, chunki Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirish Rossiya uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda», - deya ta’kidlaydi hujjatni ishlab chiquvchilar. Moskva Polsha tomonining ayblovlarini rad etdi.

Bundan tashqari, Polsha hujjatida aytilishicha, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari va Kremlga yaqin onlayn platformalar AQShga immigratsiya va chegara xavfsizligi haqida dezinformatsiya tarqatmoqda, immigratsiya ta’sirini buzib ko‘rsatmoqda va muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi voqealarni yoritmoqda.

Ayni paytda, Kreml AQShda 5 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga aralashish niyatini rad etdi. Moskva, shuningdek, Vashingtonning 2016 va 2020 yillardagi prezidentlik saylovlariga aralashganlik haqidagi ayblovlarini rad etib keladi.

Mavzuga oid