Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkmaniston milliy yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya va ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni yanada ko‘paytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi
07:30 / 24.04.2025