O‘zbekiston | 09:21 / 24.07.2024
2073
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil elchisi O‘zbekistondagi to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlayapti

Zehavit Ben Hillel 2020 yildan buyon Isroilning Toshkentdagi elchixonasini boshqarib kelmoqda.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning mamlakatdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Zehavit Ben Hillelni qabul qildi.

"Mamlakatimizda to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlayotgan Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zehavit Ben Hillel xonimni qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – Elchi xonimga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Zehavit Ben Hillel 2020 yildan buyon Isroilning Toshkentdagi elchixonasini boshqarib kelmoqda. 18 iyul kuni elchini O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva qabul qildi.

Mavzuga oid