Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda
10 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Yalpi majlisda Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan qonun loyihasida nazarada tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida deputatlarga ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan Fuqarolik va Soliq kodekslariga, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qator qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, davlat unitar korxonasi, unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shakllari bekor qilinmoqda.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida korporativ shartnoma, konsorsium, konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomlarini belgilash, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda ta’sis shartnomasini tuzish talabini bekor qilish taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:18 / 07.03.2025