Ipak Yo‘li banki tomonidan 2024-2025 yil uchun MBA stipendiya dasturi
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti MBA talabalari uchun Ipak Yo‘li bankining 2024-2025 yil uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Dastur doirasida talabalar kontrakti Ipak Yo‘li banki tomonidan 100 foiz to‘lab beriladi. Bu esa iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi va professional muvaffaqiyatga erishishi uchun moliyaviy yordam hisoblanadi.
Dastur maqsadlari:
MBA talabalarida akademik yutuqlar, yetakchilik qobiliyatlari va innovatsion ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Sifatli ta’lim orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va raqobatbardoshlikni oshirish;
Ipak Yo‘li bankida faoliyat yuritish imkoniyatini yaratish.
Arizalarni topshirish muddati 2024 yil 19 avgustdan, 2024 yil 24 sentabrga qadar davom etadi.
Tanlov mezonlari va ariza berish jarayoni haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting. Biz sizning arizalaringizni qabul qilishni intiqlik bilan kutamiz va Ipak Yo‘li banki bilan akademik va professional yo‘lingizni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Reklama