Jamiyat | 08:06 / 25.07.2024
21539
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘zganing uyi oldidagi daraxtni kesib ketgan niqobli ikki shaxs ushlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Gazeta.uz’ga ma’lumot berdi.

2024 yilning 14 iyul kuni taxminan soat 00:55 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalarning birida, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.A.ning yashash xonadoni oldiga 2 nafar yuzlariga niqob taqqan noma’lum shaxslar Lacetti avtomashinasida kelib, uyini oldidagi daraxtni kesib ketishgan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni 1989 yilda tug‘ilgan O.U. va 1990 yilda tug‘ilgan N.G‘. sodir etgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid