Anhor bog‘ida rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi
Toshkentdagi Anhor bog‘ida 28 iyulda osmondan lentalar sochilishi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi bu tadbir bekor qilingani va “lenta-shou” haqida blogerlar joylagan videolar o‘chirtirilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 28 iyul kuni Toshkentdagi Anhor parkida osmondan lentalar yog‘ilishi haqida video tarqalgandi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holatni o‘rganib, nazoratga olganini ma’lum qildi. O‘rganishda parkdagi Amfiteatrda “lenta-shou” uyushtirilishi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi, osmondan lentalar yog‘dirishi aniqlangan.
Vazirlik tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, ekologiya uchun zararli ekanini tushuntirganini ta’kidlagan va “lenta-shou” bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar o‘chirtirilgan.
Vazirlik xiyobonlar, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar obektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular o‘tkazmaslikka chaqirib, ekologiyaga yetkazilgan har qanday zarar uchun qonunda qat’iy jazo belgilanganini eslatgan.
Oldinroq, shaharning Ashxobod sayilgohida 20 mingta pufak (sharlar) osmondan yog‘dirilishi haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otgan edi.
Mavzuga oid
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:49 / 16.11.2024
Okean suvlarining isishi chig‘anoq hosil qiladigan planktonlarga xavf solmoqda - tadqiqot
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
08:45 / 13.07.2024