Toshkentda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi batafsil ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ta’minlash uchun tashqi siyosat idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Barcha sohalarda rivojlanayotgan aloqalarni hisobga olgan holda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Mavzuga oid
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
14:26 / 13.11.2024