Jamiyat | 11:08 / 26.07.2024
8679
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bolani qutqarib qoldi

Yangihayot tumanida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent shahar Yangihayot tumani Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar 1 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Mavzuga oid