O‘zbekiston | 10:35 / 27.07.2024
2137
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda

Polsha farmatsevtika sanoati uyushmasi prezidenti Kshishtof Kopets boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Foto: Dunyo

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif mamlakatning Varshavadagi elchixonasi va "Yevropa-O‘zbekiston" Iqtisodiy hamkorlik uyushmasi ko‘magida tashkil etildi. Delegatsiya tarkibidan Polpharma Group va Adamed kabi Polshaning eng yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari joy oldi.

Safar davomida Polsha tomoni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Tashkent Pharma Park klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar davomida Polpharma Group va Adamed kabi yetakchi polyak kompaniyalarining O‘zbekiston farmatsevtika sanoatiga investitsiya kiritish rejalari va imkoniyati, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, mamlakat sarmoyaviy jozibadorligini oshirish uchun zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida farmatsevtika sanoati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid