O‘zbekiston | 13:07 / 27.07.2024
13117
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

CAMC yuk avtomobili haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu hamda Howo yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘l qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Mercedes-Benz Sprinter’ga borib urilgan. YTH natijasida CAMC'da yong‘in yuzaga kelgan.

Bugun, 2024 yil 27 iyul kuni soat 05:00 larda Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu hamda Howo rusumli yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter rusumli avtomobiliga borib urilgan. 

YTH natijasida CAMC rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida CAMC rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid