Raqobat qo‘mitasi Kosonsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Kosonsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta, 2024 yilning birinchi yarim yilligida 13 ta tender savdolarida qonun talablari buzilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolari ustidan monitoring o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 mln so‘mga yaqin va 2024 yil birinchi yarim yilligida 13 ta 1 mlrd 356 mln so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot tomonidan ishtirokchilar («ISLAMOV TRADER» MChJ, «BERUNIY MEDICAL»MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan buyurtmachiga (Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi) «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
13:34 / 21.11.2024
BFQ iste’mol qilish natijasida odamlar sog‘ligi yanada yomonlashgan – Raqobat qo‘mitasi
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
14:25 / 29.10.2024