Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya floti kemasi Finlandiya bilan dengiz chegarasini kesib o‘tdi
Hodisa Finlandiya ko‘rfazining sharqiy qismida yuz bergan va taxminan yetti daqiqa davom etgan.
26 iyul, juma kuni Rossiya kemasi Finlandiya hududiy suvlariga kirib bordi. Finlandiyaning Helsingin Sanomat gazetasi mamlakat chegara xizmati bosh tergovchisi Petter Staufferga tayanib, Rossiya HDF Boltiq flotining dengiz tubini o‘rganish uchun mo‘ljallangan kemasi dengiz chegarasini kesib o‘tgani haqida xabar berdi.
Hodisa Finlyandiya ko‘rfazining sharqiy qismida yuz bergan va taxminan yetti daqiqa davom etgan. Rossiya kemasi chegara qo‘riqlash kemasi hamrohligida Finlandiya hududini tark etdi. Helsinkidagi Mudofaa vazirligi voqea yuzasidan tekshiruv boshlaganini bildirdi.
10 iyun kuni Finlandiya o‘z havo hududi Rossiyaning to‘rtta harbiy samolyoti tomonidan buzilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
08:40 / 13.05.2025