Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘ziga suiqasd qilingan shaharda yana miting o‘tkazadi
Prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Batler shahriga qaytishini ma’lum qildi.
AQSh sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Batler shahrida yana saylovoldi mitingini o‘tkazadi. Bu haqda Politico yozdi.
«Men qahramonimiz, o‘t o‘chiruvchi Kori va ikki hafta oldin yaralangan o‘sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o‘tkazish uchun Pensilvaniya shtatidagi Batlerga qaytaman», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
13 iyul kuni Trampning aynan shu shahardagi saylovoldi mitingi vaqtida 20 yoshli Tomas Metyu Kruks siyosatchi gapirayotgan sahnadan taxminan 120 metr uzoqlikda joylashgan bino tomidan unga qarata o‘t ochdi.
Oqibatda, bir kishi, 50 yoshli o‘t o‘chiruvchi Kori Komperatore halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi, Tramp esa o‘ng qulog‘idan jarohat oldi. O‘q uzgan shaxs AQSh Maxfiy xizmati xodimlari tomonidan o‘ldirildi. Suiqasdning sabablari hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025