Sport | 23:42 / 28.07.2024
15025
1 daqiqa o‘qiladi

Diyoraning g‘alabasi ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan qizlar uchun motivatsiya hamdir - Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva dzyudochi Diyora Keldiyorovaning Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgani bilan tabrikladi.

Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi! 🥇

Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.

Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!

Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid