O‘zbekiston | 11:20 / 29.07.2024
14606
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

2024/2025 o‘quv yilida 1-bosqich bakalavr talabalari uchun – 29,4 million so‘m, 2–4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 million so‘m etib belgilandi. Magistratura uchun – 27,2 million so‘m.

Foto: Kun.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida oliygoh saytida xabar berildi. Yangi narxlarga ko‘ra, kontrakt-to‘lovlari 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 million 642 ming so‘m, 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming so‘m etib belgilangan. Magistratura esa 27 million 216 ming so‘m deb belgilangan.

Oliygoh matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, JIDUda 2018 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz o‘qish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million so‘m, magistratura uchun – 21 million so‘m etib belgilangan.

Oldinroq, davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 million 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 million 446 ming so‘m bo‘lib, bu – xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida huquq – 81,2 foiz, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar – 81,2 foiz, jahon siyosati – 81,2 foiz, iqtisod – 75,6 foiz va axborot texnologiyalari 75,6 foiz yo‘nalishlari o‘rin olgan.

Mavzuga oid