Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada ayollar futbol milliy jamoasi Olimpiadada josuslik qilgani uchun jazolandi
Bosh murabbiy diskvalifikatsiya qilindi va jamoadan 6 ochko olib tashlandi. Oqibatda Olimpiya chempioni Kanada medallar uchun kurashdan chiqdi.
Parij Olimpiadasida ishtirok etayotgan Kanada ayollar futbol milliy jamoasidan 6 ochko olib tashlandi. Kanada tashkiliy qo‘mitasining bir necha a’zolari, jumladan, bosh murabbiy ham o‘yinlarda ishlashdan chetlatildi. Ular halol o‘yin qoidalarini buzganlikda ayblandi.
Aniqlanishicha, 22 iyul kuni jamoa xodimi Kanadaning bo‘lajak raqibi Yangi Zelandiya ayollar milliy jamoasi mashg‘ulot o‘tkazayotgan maydon atrofida dron uchirib, ularni xufyona kuzatgan.
Fransiya rasmiylari dronni Kanada jamoasi tahlilchisi Joi Lombard uchirganini aniqlagan. Oqibatda, u va yordamchi murabbiy Jasmin Mander o‘yinlardan chetlatildi. Fransiya prokuraturasi dron operatorini hibsga oldi. U aybiga iqror bo‘lgan va 8 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.
Bosh murabbiy Beverli Pristman yangi zelandiyaliklarga qarshi o‘yinda jamoani boshqarmaslikka qaror qildi va keyinroq Kanada MOQ tomonidan Olimpiya o‘yinlarining qolgan qismiga diskvalifikatsiya qilindi. Murabbiyning o‘zi, birinchi xabarlardan so‘ng, yordamchilarining nomaqbul xatti-harakatlari haqida bilmasligini aytdi.
Kanada Yangi Zelandiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, FIFA undan 6 ochkoni olib tashladi.
Lombardi, Pristman va Mander FIFA tomonidan 12 oyga diskvalifikatsiya qilindi, Kanada futbol federatsiyasi ham 225 ming dollar jarimaga tortildi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025