Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘quvchi qizni kaltaklagan maktab direktori jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi
Farg‘onada o‘quvchi qizni dars vaqtida ro‘molni yechishini aytib, uni kaltaklagan maktab direktoriga jazo tayinlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
20 may kuni Kun.uz’da Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi ro‘moli («vandamka»)ni yechmagani sabab maktab direktori tomonidan kaltaklanganiga oid xabar e’lon qilingandi.
O‘shanda voqea yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirgan edi. Qayd etilishicha, 17 may kuni algebra darsida 2010 yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisi o‘g‘il bola sinfdosh o‘rtog‘i bilan og‘zaki tortishib qolgan. Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng sinfxonasiga maktab direktori kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan.
«Maktab direktori qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan. Qiz maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan», – deyiladi izohda.
Holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilib, sud tomonidan joriy yilning 27 may kuni maktab direktori R.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi 2-qismi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topilgan va unga nisbatan BHMning 10 barobar miqdorida jarima (3,4 mln so‘m) jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025