Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston bosh vaziri Ukrainadagi mojaro tufayli teraktlar xavfi borligini ma’lum qildi
Mamlakat rasmiylari Ukrainadagi urush kelasi yildan kechiktirmay tugashini kutmoqda, dedi Irakli Kobaxidze.
Ukrainada qurolli mojaro davom etar ekan, Gurjistonda teraktlar xavfi saqlanib qolyapti. Bu haqda Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat televideniyesi orqali ma’lum qildi.
«Ukrainadagi urush davom etar ekan, xavflar saqlanib qolyapti. Kontekst shu tarzda qolar ekan, bu xavf-xatarlar mamlakatimizda saqlanib qoladi», — dedi hukumat rahbari.
Kobaxidze bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tergov qilinayotgan «Gurjiston orzusi» partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishviliga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ish doirasida mamlakatda teraktlar xavfi saqlanib qolmoqdami, degan savolga javob berib aytib o‘tdi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari Ukrainadagi urush kelasi yildan kechiktirmay yakunlanishini kutmoqda.
Avvalroq Gurjiston Davlat xavfsizlik xizmati Ivanishvilini o‘ldirishga Gurjiston hukumatining hozirda Ukrainada yashovchi sobiq vakillari tomonidan tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
11:39 / 18.04.2025