O‘zbekiston | 11:51 / 30.07.2024
3189
2 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi Knauf’ni ustun mavqega ega deb topdi

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro MChJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani sababli korxonani ustun mavqega ega deb topdi.

Foto: Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorida tahlil o‘tkazilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Knauf Gips Buxoro MChJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani sababli «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb topildi. 

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi boshqa 6 ta korxonani ham turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topgandi.

Jumladan:

·       «Temiryo‘lekspress» va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ (shaxslar guruhi sifatida) temiryo‘llar orqali yo‘lovchi tashish xizmatida;

·       «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ shahar atrofi bo‘ylab yo‘lovchi tashish xizmatida;

·       JV Continaz MChJ formalin mahsulotida;

·       Indorama Kokand fertilizers and chemicals hamda «Farg‘onaazot» AJ (shaxslar guruhi sifatida) superfosfat mahsulotida;

·       «Farg‘onaazot» AJ karbamid mahsulotida;

·       Gazli Gas Storage MChJ QK tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish xizmatida ustunlikka ega deb topildi. 

Mavzuga oid