Jahon | 18:47 / 31.07.2024
11307
1 daqiqa o‘qiladi
Elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda 5 avgustgacha uzilishlar bo‘lishi mumkin
«Hududiy elektr tarmoqlari»ga qarashli Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
31 iyul soat 23:50 dan 5 avgust soat 22:00 gacha «Hududiy elektr tarmoqlari»ga qarashli Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Qayd qilinishicha, yangi billing dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan ushbu muddat oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu muddat davomida qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
22:25 / 09.10.2023