Jahon | 11:39 / 31.07.2024
7502
1 daqiqa o‘qiladi

Falastin prezidenti HAMAS yetakchisining o‘ldirilishini qoraladi va birdamlikka chaqirdi

Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya kengashi bosh kotibi Husayn al-Shayx ham sodir bo‘lgan voqeani qoralab chiqdi.

Foto: Anadolu Agency

Falastin prezidenti Mahmud Abbos XAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishini «qo‘rqoqlik harakati va xavfli voqea rivoji» deb atadi hamda Falastinni birdamlikka chaqirdi.

WAFA Falastin rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra, prezident Abbos Haniyaning o‘ldirilishini keskin qoralagan.

Abbos Falastin xalqini Isroil okkupatsiyasiga qarshi qarshilik ko‘rsatishga va birlashishga chaqirdi. 

Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya kengashi bosh kotibi Husayn al-Shayx ham HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o‘ldirilishini keskin qoraladi. 

U HAMAS yetakchisining o‘ldirilishini «xavfli keskinlik» deb atadi va Isroil Falastin xalqiga qarshi hujumlarini kuchaytirgan bir paytda birdamlik va qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. 

HAMAS va Islom inqilobi muhofizlari korpusining yozma bayonotlarida, Ismoil Haniyaning Isroil armiyasi Tehrondagi mehmonxonaga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lgani bildirildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid