Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi teraktlar tashkilotchisi tergov bilan kelishuvga erishadi
AQShda 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar tashkilotchisi Xolid Shayx Muhammad o‘z aybini tan olishga tayyor, deya ma’lum qildi Pentagon. OAV xabarlariga ko‘ra, bu unga o‘lim jazosidan qochish imkonini beradi.
2001 yil 11 sentabrda AQShda sodir etilgan teraktlarning asosiy tashkilotchisi sifatida ko‘rilayotgan Xolid Shayx Muhammad va yana ikki ayblanuvchi o‘z aybini tan olmoqchi va kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda 31 iyul, chorshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan. Amerika matbuoti xabarlariga ko‘ra, bu ayblanuvchiga o‘lim jazosidan qochish imkonini beradi.
Tergovchilarga ko‘ra, Xolid Shayx Muhammad hujumlarni rejalashtirgan, shuningdek, aloqa va hujumni moliyalashtirishni muvofiqlashtirgan. U 2003 yilda Pokistonda qo‘lga olingan. AQSh Senati hisobotiga ko‘ra, u so‘roq paytida Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan. 2006 yilda Kubadagi Guantanamo AQSh harbiy-dengiz bazasi qamoqxonasiga ko‘chirildi va shu kungacha u yerda qolmoqda. Xolid Shayx Muhammad harbiy tribunal oldida javob berishi kerak edi, biroq bu jarayon ko‘p yillardan beri qoldirilyapti.
2001 yilda AQShga terrorchilik hujumi
2001 yil 11 sentabrdagi terakt - AQSh tarixidagi eng yirigi, unda 3000 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Terrorchilar o‘g‘irlab ketilgan uchta yo‘lovchi samolyotini Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi va Vashington yaqinidagi Pentagon binosiga olib borib urgan. To‘rtinchi samolyot Pensilvaniyada halokatga uchragan.
Guantanamo qamoqxonasi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQSh prezidenti Jorj Bush davrida terrorchilikda gumon qilinganlarni sudsiz ushlab turish uchun tashkil etilgan. Uning eng "gavjum" paytida u yerda 800 ga yaqin odam bor edi. Inson huquqlari guruhlari uzoq vaqtdan beri lagerni yopishga chaqirib kelishgan, biroq oz sonli mahbuslar hamon u yerda saqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025