Litva mudofaa ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
Mablag‘lar harbiy harakatchanlik loyihalarini, harbiy va fuqarolik infratuzilmasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Litva hukumati ustuvor milliy mudofaa tizimlari uchun yana 7 million yevro ajratdi, deb xabar bermoqda LRT.
Mablag‘lar Mudofaa vazirligiga ajratiladi va Litvaga kelgan NATO ittifoqchilari uchun zarur bo‘lgan harbiy harakatchanlik loyihalarini, harbiy va fuqarolik infratuzilmasini, shuningdek, mudofaa qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa milliy mudofaa loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Iyun oyi oxirida hukumat qo‘shimcha 136 million yevro ajratdi va bu yil mudofaa sohasini moliyalashtirishni YaIMning 3,03 foiziga yetkazdi.
Litva moliya vaziri Gintare Skayste o‘tgan haftada Mudofaa vazirligi ehtiyojlariga qarab, bu yil moliyalashtirish oshirilishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
19:08 / 17.09.2024
8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi
12:50 / 17.09.2024
RF Tergov qo‘mitasi Mudofaa vazirligi mansabdorlariga qarshi yangi ish ochdi
14:57 / 14.09.2024
Litvada Bundesver qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi
07:12 / 14.09.2024