Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesueladagi prezidentlik saylovlarida muxolifat g‘alaba qozonganini e’lon qildi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Venesuela Milliy saylov kengashi e’lon qilgan saylov natijalarini «to‘laqonli emas» deb atadi.
Venesuelada prezidentlik saylovlarida muxolifatdagi «Birlashgan demokratik platforma» (PUD) koalitsiyasidan nomzod Edmundo Gonsales Urrutia katta farq bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
«Barcha dalillarni hisobga olgan holda, Qo‘shma Shtatlar va, shubhasiz, Venesuela xalqining ko‘pchiligi Gonsalesni 28 iyuldagi prezidentlik saylovlaridagi so‘zsiz g‘olib deb hisoblaydi», - dedi Amerika diplomatiyasi rahbari bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Maduro va uning vakillari muxolifat yetakchilarini, jumladan Gonsalesni hibsga olish bilan tahdid qilishlari demokratiyaga zid bo‘lgan hokimiyatni saqlab qolishga urinishdir».
Blinken Gonsalesni «muvaffaqiyatli kampaniya» bilan tabriklaganini aytdi. Davlat kotibining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar «Venesuelada demokratik normalarni tiklash jarayonini» qo‘llab-quvvatlaydi.
Diplomat Venesuela Milliy saylov kengashi e’lon qilgan saylov natijalarini «to‘laqonli emas» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kengash ma’lumotlar yoki ovozlarni hisoblash jadvallarini e’lon qilmagan.
28 iyul kuni Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,2 foiz ovoz bilan uchinchi olti yillik muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi.
Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.
Saylov natijalariga qarshi namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 17 kishi, jumladan, harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025