Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Netanyahu bilan suhbatda «mintaqadagi keskinlikni kamaytirish muhimligini» ta’kidladi
AQSh prezidenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan HAMAS yetakchisi vafotidan keyin birinchi marta telefon orqali muloqot qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni to‘liq qo‘llab-quvvatladi va «mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhimligini» ta’kidladi.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbatda vitse-prezident Kamala Harris ham ishtirok etdi.
Oq uy bayonotida qayd etilishicha, suhbat davomida Bayden Isroilga xavfsizlik kafolatlarini bergan.
«Prezident Isroil xavfsizligini Eron va uning HAMAS, «Hizbulloh» hamda husiychilar kabi terrorchilik tarmog‘idan kelayotgan barcha tahdidlardan himoya qilishga sodiqligini ta’kidladi», — deyiladi bayonotda.
Bayden va Netanyaxu, shuningdek, Amerikaning Isroilga yangi harbiy ta’minoti, xususan, ballistik raketalar va uchuvchisiz uchoqlarga qarshi himoya mavzularini ham muhokama qildi.
Boshqa tomondan, Amerika yetakchisi Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish uchun davom etayotgan sa’y-harakatlarning muhimligini ta’kidladi.
Bayden va Netanyaxu o‘rtasidagi muzokaralar Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi suiqasd natijasida vafot etganidan keyin birinchi marta bo‘lib o‘tdi.
Oq uy bayonotida suhbatdoshlar Haniyaning o‘ldirilishini qoralagani yoki buni qilmagani, aytilmagan.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025