O‘zbekiston | 22:09 / 02.08.2024
5700
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 4 ta tuman hokimi qabul qilgan qarorlarda qonunga zid holatlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tuman hokimliklariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.

Qashqadaryoning Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari tomonidan qabul qilingan ko‘plab qarorlarda qonunga zid holatlar aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi viloyat va tuman hokimliklarida 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borgan.

O‘rganishlar jarayonida Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilingani aniqlangan. Oqibatda, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan.

Ta’kidlanishicha, tuman hokimliklariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid