YeI Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish uchun hech qanday xavf ko‘rmayapti
Ukraina «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyin Yevropa Komissiyasi Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berishda hech qanday xavf belgilarini ko‘rmayapti. Yo‘qolgan hajmlar «Drujba» quvuri orqali boshqa yetkazib beruvchilar tomonidan almashtirildi.
Yevrokomissiya Kiyev tomonidan Rossiyaning «Lukoyl» davlat konserniga qarshi sanksiyalar joriy etilishi munosabati bilan shoshilinch maslahatlashuvlar o‘tkazish niyatida emas, chunki u Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berishda xavf belgisini ko‘rmayapti. Bu haqda 1 avgust, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevrokomissiya rasmiy vakillari ma’lum qildi.
«Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va Yevrokomissiyaning ichki tahliliga ko‘ra, Ukraina tomonidan «Lukoyl»ga qarshi joriy qilingan sanksiyalar, agar «Lukoyl» neftning rasmiy egasi bo‘lmasa, savdo kompaniyalari tomonidan «Drujba» orqali olib borilayotgan neft tranziti operatsiyalariga ta’sir qilmaydi», - deb tushuntirdi Yevropa komissiyasi vakili Balash Uyvari. Uning ta’kidlashicha, Bryussel Budapesht va Bratislavadan bu xulosani tasdiqlaydigan batafsil javob kutmoqda.
Uning hamkasbi Adalbert Yans so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatdiki, iyul oyida «Lukoyl»dan yetishmayotgan hajmlar «Drujba» neft quvuri orqali boshqa yetkazib beruvchilarga almashtirilgan. Bundan tashqari, Vengriya va Slovakiyaning boshqa muqobil variantlari bor, masalan, Xorvatiyadan JANAF quvuri orqali neft importini ko‘paytirish, deya ma’lumot berdi Yevropa komissiyasi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari neft yetkazib berishni diversifikatsiya qilishda muvaffaqiyatga erishgan va hozirda Rossiyadan olinadigan neft Yevropa Ittifoqining barcha xom neft importi taxminan uch foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
12:37 / 27.10.2024
Neft – dunyo qirollari uchun endi toj emasmi?
23:00 / 23.10.2024