Jahon | 12:29 / 03.08.2024
4032
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi tergov izolyatorida urushga qarshi faol ochlik e’lon qilganidan so‘ng vafot etdi

Terrorizmga da’vat qilgani uchun hibsga olingan pianinochi Pavel Kushnir ochlik e’lon qildi, «uning tanasi bunga chiday olmadi», dedi «Rus sidyashchaya» rahbari Romanova.

Foto: Felix Kästle/dpa/picture-alliance

39 yoshli pianinochi va urushga qarshi faol Pavel Kushnir Birobidjandagi tergov izolyatorlaridan birida vafot etdi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni «Vot tak» internet nashri «Rus sidyashchaya» loyihasi rahbari Olga Romanova va Kushnirning bolalikdagi do‘sti Olga Shkrigunovaga tayanib xabar berdi. O‘lim 27 iyul kuni sodir bo‘lgan. 

Kushnir quruq ochlik e’lon qildi va «uning tanasi bunga chiday olmadi», deb tushuntirdi Romanova. Fojianing boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum. 

To‘rtta video va bir necha o‘nlab obunachilarga ega kanal

Kushnir may oyida qo‘ga olingan, deya aniqlik kiritadi «Vot tak». Unga nisbatan terrorizmga chaqirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bunga uning YouTube-kanalidagi videolar sabab bo‘lgan, deya tushuntiradi nashr. Tergovchilarga ko‘ra, shu yo‘l bilan muallif Rossiyada konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan ag‘darishga chaqirgan. 

2011 yil oktyabr oyidan beri mavjud bo‘lgan kanalda Rossiya hukumati siyosatini tanqid qiluvchi va urushga qarshi chaqiriqlar bo‘lgan to‘rtta videorolik mavjud. Unga 89 kishi obuna bo‘lgan.

Pavel Kushnir Tambovda voyaga yetgan, Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasini tamomlagan, keyin Kursk va Kurgandagi filarmoniyalarda ishlagan, 2023 yilda Birobidjon viloyat filarmoniyasining solisti bo‘lgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid